

Ravshan Haydarov qo'l ostidagi O'zbekiston yoshlari mazkur uchrashuvda ham mezbonlar ustidan g'alaba qozondi. Terma jamoa gollariga Shahzod Akramov (65-daqiqa) va Shahzod Rahmatullaev (90+3 daqiqa) mualliflik qildi.
U-20 Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
Saudiya Arabistoni 1:2 O'zbekiston
O'zbekiston U-20 terma jamoasining birinchi bo'lim uchun tarkibi: Humoyunshoh Sayyotov, Mirkomil Abdurazzakov, Javohir Utamurodov, Diyor Ortiqboev, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Zafarmurod Abdurahmatov, Shahriyor Jabborov, Abbos Fayzullaev, Nodir Abdurazzakov, Saidafzalxon Ahrorov, Muzaffar Mo'minov
Ikkinchi bo'limda maydonga tushirilganlar: Otabek Boymurodov, Sherzod Esanov, Izzat Po'latov, Zafar Hakimov, Shahzod Akramov (Mahmud Jo'raboev), Aziz Xolmurodov, Shahzod Rahmatullaev, Shahzod Nematjonov, Asad Jabborov, Mahmud Mahamadjonov



