CAFA U-20 Championship. Yoshlarimiz musobaqani g'alaba bilan boshlashdi

13 may 2026, 07:31
O'zbekiston U-20 terma jamoasi CAFA U-20 Championship musobaqasini g'alaba bilan boshladi.

Yoshlarimiz ilk turda Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarga Maratov va Sodiqov mualliflik qilishdi.

O'zbekiston 2:0 Qirg'iz Respublikasi

Gollar: Maratov 32', Sodiqov 77'

Asosiy tarkib: 21 Nematulloh Rustamjonov, 3 Ozodbek Odiljonov, 16 Ozodbek Najmiddinov, 19 Muhammadali Dilshodbekov, 22 Abdulvosid Soliev , 5 Azizbek To'lqinbekov, 17 Quvonishbek Saydaliev, 18 Abubakir Shukurullaev, 9 Nurbek Sarsenbaev, 11 Ulug'bek Maratov, 23 Sadriddin Xasanov

Zaxira: Odinaev, Shorahmedov, Musaxonov, Baxodirxonov, Abraev, Ko'paysinov, Shokirov, Abdug'aniev, Abdusattorov, Habibullaev, Sodiqov

Eslatib o'tamiz, vakillarimiz musobaqaning ikkinchi turida 13-may kuni Afg'oniston U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UzbekistanFA