O'zbekiston MTJ shifokori Abror Pirriev: "Hojimat Erkinovning jarohati xavotirli"

Alisher
8 iyun 2021, 09:17
Kecha bo'lib o'tgan JCH-2022 saralash doirasidagi Singapur terma jamoasi (5:0)ga qarshi o'yindan so'ng terma jamoamiz shifokori Abror Pirriev jarohat olgan futbolchilarimiz haqida ma'lumot berdi.

"Tungi tibbiy sarhisob:

Raqib shiddatli qarshilik ko'rsata olmagan bo'lsa-da, iqlimning issiq, nam va changligi bois futbolchilar qiynalishdi. Maydonga sepilgan suv issiqda birpasda qurib, chimda to'p yurishi qiyinlashdi, ustiga ustak jarohatlarni ko'paytirdi. Aynan maydon o'tining quruqligi; to'p yurmay, oyoq sirpanmay taqalib qolaverishi Erkinov Hojimatning biroz xavotirli jarohatiga sabab bo'ldi.

Maydondan chiqib ketgan bo'lsa-da Husniddin Aliqulov jarohati jiddiy emas. Hojimat Erkinov masalasida esa ertaga qo'shimcha tekshiruvlar o'tkazilgach barchasiga oydinlik kiritiladi", - deb yozadi Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia