O'zbekiston ketma-ket to'rtinchi bor Osiyo o'yinlarida Gongkong bilan o'ynaydi. Avvalgi natijalar qanday bo'lgan?

Iskandarov Abdulaziz
22 sen 2023, 09:13
Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida ishtirokini boshlaydi.

Vakillarimiz bugun Gonkong bilan dastlabki uchrashuvda maydonga tushadi. Qiziqarli fakt shuki, O'zbekiston ketma-ket to'rtinchi bor Osiyo o'yinlarida Gongkongga qarshi maydonga chiqadi. Jamoalarning ilk uchrashuvi esa 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida bo'lgan.  Avvalgi musobaqalarda Gongkong bilan quyidagi natijalar qayd etilgan. 


1994 yilgi Osiyo o'yinlari. Guruh bosqichi. 

Gongkong - O'zbekiston 0:1

Gol: Azamat Abduraimov 20


2010 yilgi Osiyo o'yinlari. Guruh bosqichi. 

O'zbekiston - Gonkong 0:1

Gol: Chan Vai Xo 60


2014 yilgi Osiyo o'yinlari. Guruh bosqichi. 

O'zbekiston - Gonkong 1:1

Gol: Igor Sergeev 75 - Chan Siu Kvan 80


2018 yilgi Osiyo o'yinoari 1/8 final. 

O'zbekiston - Gonkong 3:0

Gollar: Ikrom Aliboev 27, Javohir Sidiqov 60, Zabihillo O'rinboev 65


Ma'lumot uchun, bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi. Hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia