

35 yoshli xavbek "Dallas"dan "Kitchi"ga o'tdi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.
Markaziy chiziq vakili erkin agent sifatida klubini o'zgartirdi, shuning uchun u yangi jamoasiga mutlaqo tekinga o'tdi.

Ma'lum qilinishicha, Ilyarramendi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.
Maydonda 25 o'yin, 2 ta gol va 6 ta golli pas – bu Aser Ilyarramendining MLS o'tgan mavsumidagi statistikasi. U avvalroq "Real" va "Real Sosedad" jamoalarida ham o'ynagan.



