"Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi faoliyatini Gonkong chempionatida davom ettiradi

Khoja
11 sen 2025, 10:57
"Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aser Ilyarramendi faoliyatini Gonkong chempionatida davom ettiradi.

Yarim himoyachi "Kitchi" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

35 yoshli futbolchi qishda "Dallas" bilan xayrlashgandi. Futbolchi faoliyati davomida "Real Madrid" va "Real Sosedad" safida faoliyat olib borgan.

U "Real" safida ECHL, klublar o'rtasidagi JCH, Yevropa Superkubogi kabi musobaqalarda g'alaba qozongan.

Shuningdek, Illaramendi Ispaniya terma jamoasi safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com