O'zbekiston delegaciyasi Dohadan Toshkentga qaytishi bilan Mirabror Usmonov favqulodda majlis o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2016, 12:49
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Qatarda qoniqarsiz ishtirok etdi. Olimpiadaga yo'llanma olish vazifasi bajarilmadi.

Shu munosabat bilan, O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov terma jamoa delegaciyasining Toshkentga qaytib kelishi bilan majlis o'tkazishi haqida ma'lumotga ega bo'ldik. 

O'FF prezidentiga yaqin bo'lgan norasmiy manbalarda olingan xabarlarga qaraganda, Samvel Babayan olimpiya terma jamoasi murabbiyligidan ozod etiladi.

Bundan tashqari, majlisda Terma jamoalar Markazining ishi ham muhokama qilinadi. Katta ehtimollik bilan Asqar Tolibjonov ham ishidan olinishi kutilmoqda. 

Hatto, terma jamoaning tibbiy xodimlaridan tortib, mamurlarigacha kamida "xayfsan" berilishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uff.uz