O'tgan yil Ermatov boshqargan o'yinlarda "Buxoro" faqat mag'lub bo'lgan

Aslanov Jasurbek
17 apr 2016, 16:39
Bugun oliy liganing 5-turi yakunlanadi.
Turning so'nggi uchrashuvida "Buxoro" "Andijon"ni qabul qiladi. Bellashuvni mamlakatimizning birinchi raqamli hakami Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Aytish kerak, Ermatov o'tgan yili mazkur juftlikning Andijondagi o'yinida ishlagan va o'shanda mezbonlar g'alaba nashidasini surgan. "Buxoro" 2015 yil Ermatov boshqargan har ikkala o'yinni ham safarda o'tkazib, mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. "Andijon" esa, uchta bahsdan 2tasida g'alaba qozongan.

2015 yil
"Buxoro" ishtirokidagi uchrashuvlar

BUNYODKOR - BUXORO - 2:0
ANDIJON - BUXORO - 2:1

"Andijon" ishtirokidagi uchrashuvlar
MASH'AL - ANDIJON - 2:0
ANDIJON - BUXORO - 2:1
ANDIJON - NAVBAHOR - 3:2

Oliy liga. 5-tur
17 aprel (yakshanba)

BUXORO - ANDIJON
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (Toshkent).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia