O'tgan mavsumni Belarus chempionatida o'tkazgan Humoyunmirzo Iminov: "Paxtakor"da qolish niyatim bor"

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2021, 10:32
"Paxtakor" o'z qarorgohida yangi mavsumnga ko'tarinki kayfiyatda tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Navbatdagi kungi mashg'ulotlardan so'ng jamoaning yosh iqtidorli futbolchisi Humoyunmirzo Iminovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Ko'rganingizdek mashg'ulotlar yaxshi ketmoqda. Futbolchilarda ishtiyoq yuqori. Piter Xyuistra ham Shota Arveldazening uslubini davom ettirgan holda mashg'ulot olib bormoqda. Buning samarasini rasmiy o'yinlarda ko'ramiz degan umiddaman. Murabbiylarning ikkisi ham kuchli mutaxassis, futbolchilik faoliyatida ham yaxshi jamoalarda o'ynashgan. Faoliyatimni qayerda davom ettirishim aniq emas. Lekin, "Paxtakor"da qolish niyatim bor. Dubaydagi yig'in davomida "Zenit", "Spartak" kabi jamoalar bilan o'ynaymiz. Ushbu uchrashuvlarda o'zimiz uchun katta tajriba orttirishimiz shubhasiz",- deydi Iminov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia