Oskar: "Kelajakda Xitoy ligasi jahonning eng yaxshilaridan biri bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2017, 15:01
"Shanxay SIPG" yarim himoyachisi Oskarning fikricha, klubni o'zgartirish orqaga tashlangan qadam emas.

"Ortga qadam tashladim deb o'ylamayman. Xitoyda men va boshqa yaxshi futbolchilar uchun ajoyib loyiha amalga oshirishmoqda. Kelajakda Xitoy ligasi jahonning eng yaxshilaridan biriga aylanadi.

Yevropaga pul uchun emas, yaxshi klub uchun borasiz. Shanxayda ham shunday, loyiha jahonning eng yaxshi ligasiga aylanishi kerak.

Bu hamma tomon uchun yaxshi kelishuv bo'ldi. Agar yaxshi o'ynasam, Braziliya terma jamoasidan chaqiruv olaman" - deydi Oskar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports