

"Yozni yaxshi o'tkazdim, Braziliyada oilam bilan bo'ldim, mamlakat bo'ylab sayoxat qildik. Bu vaqt ichida ko'plab uchrashuvlarni tomosha qildim. Amerika Kubogi va Yevropa chempionati hamda Braziliya ligasining bazi o'yinlarini kuzatib bordim. Evroda Kontening Italiyasi hayron qoldirdi, ular juda yaxshi o'ynashdi va penaltilarda omad raqibga kulib boqdi.
Konte qo'l ostida ishlash yoqdi va jamoa o'tgan mavsumga qaraganda yaxshiroq harakat qiladi. U bizdan nima istayotganini aniq tushuntira olyapti. Murabbiy xar birimiz bilan suhbatlashdi va asosan taktika ustida ishladik" - deydi Oskar.



