Osiyo kubogi-2023 saralashi. Bugun O'zbekiston MTJ Namanganda Maldiv orollari bilan o'ynaydi va 2-turning qolgan uchrashuvlari bo'lib o'tadi

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2022, 07:55
Osiyo kubogi saralashida qatnashayotgan O'zbekiston MTJ bugun, 11 iyunda “C” guruhida 2-tur uchrashuvida maydonga tushadi.

Raqib esa Maldiv orollari va bo'lajak o'yin 20:30 da Namangandagi “Markaziy” stadionda start oladi. Maldivliklar ilk o'yinda Tailandga 0:3 hisobida yutqazgan, vakillarimiz esa Shri-Lankani yirik (3:0) hisobda mag'lub etishgandi.

Mazkur kvartetdagi yana bir o'yin esa 17:00 da Shri-Lanka va Tailand o'rtasida o'tkaziladi.

Osiyo Kubogi-2023 saralashi doirasida 2-tur taqvimidan o'rin olgan bugungi uchrashuvlar bilan tanishing

09:03, Mo'g'uliston – Filippin

14:00, Yaman – Falastin

14:15, Bangladesh – Turkmaniston

15:30, Singapur – Tojikiston

16:30, Kamboja – Gonkong

17:00, Shri-Lanka – Tailand

18:00, Bahrayn - Malayziya

20:00, Afg'oniston - Hindiston

20:00, Myanma – Qirg'iziston

20:30, Maldiv orollari – O'zbekiston

21:15, Nepal – Quvayt

GURUHLARDAGI VAZIYAT

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia