Osiyo Kubogi-2019. O'zbekiston - Avstraliya uchrashuvini boshqaradigan hakamlar guruhi ma'lum

19 yanv 2019, 01:05
21 yanvar kuni Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv Al-Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionida bo'lib o'tadi.

 Mazkur bahsni qatarlik hakam Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlari Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh yordam berishadi. Darvoza ortida qatarlik Hamis Muhammad Al-Marriy va Ahmad Abu Bakr Said Al-Kaf ishlaydi. To'rtinchi hakam Deniya Gedara Palita - Shri-Lankadan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: ЎФА Матбуот хизмати