O'rtoqlik o'yini. Kapadze shogirdlari Bolgariya klubidan yirik hisobda engildi

Eldor Akmurzayev
4 fev 2020, 21:40
Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.

Yoshlarimiz bugun navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi. Raqib – Bolgariyaning eng nomdor klubi “Levski Sofiya” jamoasining asosiy tarkibi bo'ldi. Uchrashuvda bolgariyaliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Tarkibimizdagi yagona golga Ulug'bek Xoshimov mualliflik qildi. 

O'rtoqlik o'yini | 4-fevral

“Levski Sofiya” (Bolgariya) – O'zbekiston U-19 4:1

Gollar: Martin Petkov (4), Zdravko Dimitrov (35), Nosir Muhammad (40), Marin Petkov (42) – Ulug'bek Xoshimov (53).

O'zbekiston U-19: Shukron Yuldashev, Shoxjahon Sultonmurodov, Alibek Davronov, Eldorbek Begimov, Jafar Karimov, Abdurauf Bo'riev, Ibrohim Ibragimov, Muhammadqodir Rahimberganov, Asadjon Azimjonov, Otabek Jo'raqo'ziev, Abdulaziz Abdusalomov.

Zaxira: Islom Abdullaxonov, Izzatilla Tursunov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Jasur Xoldorov, Saidazamat Mirsaidov, Abubakr Turdaliev, Muhammadaziz Ibrohimov, Diyor Rahimqulov, Diyor Ramazonov, Jasur Jaloliddinov, Muzaffar Olimjonov, Ulug'bek Xoshimov, Ruslan Roziev.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати