
Yig'in so'nggida murabbiylar shtabining ishonchini qozongan bir qator futbolchilar bilan ikki yillik shartnomalar tuzildi. Xususan, muxlislarga yaxshi tanish, tajribali o'yinchilar Temur Yafarov, Anvar Rahimov kelayotgan mavsumni “Oq-tepa”da o'tkazadi. Bundan tashqari, Asiljon Mansurov, Suhrob Sarimsoqov, Jo'rabek Sobirov, Eldor Ergashev, Shahzod Sulaymonov, Rustam Dadaboev va Islom Yoqubov ham kelajagini jamoamiz bilan bog'ladi.
O'z o'rnida klubimiz rahbariyati ham shartnoma imzolangan futbolchilar bilan ko'zlangan maqsadga erishishni umid qilgan holda ular bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.