“Oq-tepa” 11 dekabrdan mavsum tayyorgarligini boshlaydi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2017, 01:23
Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi yangi mavsum tayyorgarligini 11 dekabrdan boshlaydigan bo'ldi.

Klub rahbariyatining bizga xabar berishicha, mashg'ulotlar jamoa bazasida kuniga ikki mahaldan o'tkaziladi. Jamoadagi o'zgarishlar haqida tez orada ma'lumot beramiz. 

"Oq-tepa" yakuniga etgan mavsumda Toshkent shahar chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgandi. Kelasi yili oqtepaliklar mamlakat chempionatining premer-ligasida qatnashishadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia