O'n birinchisi! “Man Siti” xo'jayinlari yana bir klubni sotib oladi

Eldor Akmurzayev
18 iyun 2022, 10:00
Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Palermo” prezidenti Dario Mirri shu haftada klubni sotish bo'yicha City Football Group rahbarli bilan uchrashgan.

Siciliyaliklar 2019 yil bankrot deb topilgan va D Seriyaga tushib ketgandi. Yakunlangan mavsum esa jamoa B Seriyaga ko'tarildi.

City Football Group kompaniyasi hozirda 10 ta klubga egalik qiladi: "NAK Breda" (Niderlandiya), “Lommel” (Belgiya), “Nyu-York Siti” (AQSH), “Melburn Siti” (Avstraliya), “Montevideo Siti Torke” (Urugvay), “Jirona” (Ispaniya), “Yokogama F Marinos” (Yaponiya), “Trua” (Fransiya), “Mumbai Siti” (Hindiston), “Sichuan Czyunyu” (Xitoy).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia