

Vodiyda ikki bahs bo'lib o'tadi. Andijonda "Qizilqum" mehmon bo'ladi. "Navbahor" esa Qo'qonda "Qo'qon-1912" bilan o'ynaydi. Vodiyning yana bir klubi "Neftchi" esa Toshkentda oliy liga debyutanti "Obod"ga qarshi o'ynaydi.
"Olmaliq" va "So'g'diyona" o'rtasidagi uchrashuv ham qiziqarli o'tishi kutilmoqda. G'uzorda esa Qashqadaryo derbisi bo'lib o'tadi. Unda "Sho'rtan" va "Mashal" klublari to'qnash kelishadi.
16:00 - "Andijon" - "Qizilqum"
16:00 - "Qo'qon-1912" - "Navbahor"
17:00 - "Obod" - "Neftchi"
17:00 - "Olmaliq" - "So'g'diyona"
17:30 - "Sho'rtan" - "Mashal"



