Oliy liga. 24-tur. Bugun beshta o'yin bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2016, 08:43
Bugun Respublikamizning 5 shahrida oliy liganing 24-turidan o'rin olgan besh uchrashuv o'tkaziladi.

Vodiyda ikki bahs bo'lib o'tadi. Andijonda "Qizilqum" mehmon bo'ladi. "Navbahor" esa Qo'qonda "Qo'qon-1912" bilan o'ynaydi. Vodiyning yana bir klubi "Neftchi" esa Toshkentda oliy liga debyutanti "Obod"ga qarshi o'ynaydi.

"Olmaliq" va "So'g'diyona" o'rtasidagi uchrashuv ham qiziqarli o'tishi kutilmoqda. G'uzorda esa Qashqadaryo derbisi bo'lib o'tadi. Unda "Sho'rtan" va "Mashal" klublari to'qnash kelishadi.
 

16:00 - "Andijon" - "Qizilqum"

16:00 - "Qo'qon-1912" - "Navbahor"

17:00 - "Obod" - "Neftchi"

17:00 - "Olmaliq" - "So'g'diyona"

17:30 - "Sho'rtan" - "Mashal"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia