Olimpiadada ishtirok etadigan futbolchilarning yoshi o'zgartirildi

Mirjalol Normatov
6 apr 2020, 21:35
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari 2021 yilga ko'chirilganligi munosabati bilan erkaklar o'rtasida olimpiya futbol turniri ishtirokchilarining eng katta yoshini o'zgartirishga qaror qildi.

FIFA qoidalari bo'yicha olimpiya terma jamoalari a'zolarining eng katta yoshi ananaga ko'ra 23 yosh deb belgilagan. Olimpiya o'yinlari bir yilga surilishi munosabati bilan bu yosh endilikda 24 yosh deb belgilangan.

Ma'lumki, Xalqaro olimpiya qo'mitasi Tokiodagi Olimpiya o'yinlarini 2021 yilga ko'chirdi. Tokio gubernatori Yuriko Koike ushbu musobaqlar “Tokio-2020” nomini saqlab qolishi to'g'risida bayonot bergan. 2021 yildi Tokio Olimpiadasi 23 iyuldan 8 avgustgacha bo'lib o'tishi belgilandi.

Tokio Olimpiadasining futbol bo'yicha erkaklar o'rtasidagi musobaqalarida 16 jamoa ishtirok etadi. Hozirgi paytda ushbu turnirda ishtirok etadigan 14 jamoa – Braziliya, Argentina, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Ruminiya, Yangi Zelandiya, Misr, Kot-d’Ivuar va Janubiy Afrika Respublikasi aniqlangan. Yana ikki jamoa Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari (KONKAKAF) zonasida aniqlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: olympic.uz