Oliy liga-2015. Birinchi penalti muallifi - Dilmurod Karimov

Narzulla Saydullayev
21 mar 2015, 18:53
Kecha oliy liganing 2-turidan o'rin olgan dastlabki uch o'yin bo'lib o'tdi.
Dastlabki turdagi 8ta uchrashuvda hakamlar umuman penalti belgilashmagan edi. Kecha bo'lib o'tgan "Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvida mavsumdagi birinchi penalti belgilandi.

90+2-daqiqada Yuriy Rijko Shoxnazar Norbekovni yiqitgani uchun bosh hakam Temur To'xtasinov mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pini Dilmurod Karimov aniq amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, o'tgan yil dastlabki penaltini "Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvida mehmonlar yarim himoyachisi Eldor Boymatov aniq amalga oshirgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia