Oleg Tyulkin: “Har doim ham futbolda pul muhim rol o'ynamaydi”

Narzulla Saydullayev
7 apr 2017, 19:09
“Qo'qon-1912”-“Dinamo” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Oleg Tyulkin ishtirok etdi.

– Avvalambor “Qo'qon-1912” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi bahs jangovor ruhda o'tganini takidlashni istardim.

Shogirdlarimni ruhlantirish yo'li bitta. U ham bo'lsa, yoshlardagi futbol o'ynashga bo'lgan ishtiyoqi. Har doim ham futbolda pul muhim rol o'ynamaydi. Buni jamoam misolida ko'rishimiz mumkin. Shogirdlarim yosh bo'lishlariga qaramay, ishtiyoq evaziga yaxshi natijalarni qo'lga kirityapmiz. Futbolda xatolar bo'lib turadi. Busiz “millionlar o'yini”ning qizig'i yo'q.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz