OKMK ikkinchi xorij yig'inini o'tkazish uchun Antaliyaga yo'l oldi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026, 12:20
Olmaliqning OKMK jamoasi bugun erta tongdan Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketdi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari 18 fevralga qadar davom etadigan ushbu yig'inda asosiy e'tiborni jismoniy va taktik tayyorgarlikka qaratishadi.

Yig'in davomida olmaliqliklar 5 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi ko'zda tutilgan:

6 fevral: "OKMK" - "SKA-Xabarovsk" (Rossiya)

9 fevral: "OKMK" - "Jenis" (Qozog'iston)

11 fevral: "OKMK" - "Rotor" (Rossiya)

14 fevral: "OKMK" - "Axmat Grozniy" (Rossiya)

17 fevral: "OKMK" - "Iberiya" (Gruziya)

Antaliya yig'iniga yo'l olgan tarkib:

Darvozabonlar: Javohir Ilyosov, Umidjon Ergashev, Hamidullo Abdunabiev, Muhammad Ubaydullaev.

Himoyachilar: Avazbek O'lmasaliev, Asror Otaxonov, Abror Karimov, Eldorbek Begimov, Ahmadullo Muqimjonov, Saidafzalxon Ahrorov, Saidakbar Sharipov, Shahzod Toirov.

Yarim himoyachilar: Giorgi Papava, Arihiro Sentoku, Naoaki Senaga, Abror Sarimsoqov, Mirjamol Qosimov, Abubakr Rizo Turdialiev, Akbar O'ktamov, Asad Sobirjonov, Hazrat Tursunqulov, Rian Islomov, Aziz Xolmurodov, Nodirbek Abdurazzoqov.

Hujumchilar: Ali Abdurahmonov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати