O'FF Kubogi musobaqasiga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2017, 09:15
Avval xabar berilganidek, shu yilning 12-17 dekabr kunlari O'zbekiston futbol federatsiyasining sun'iy qoplamali maydonida 2001 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Musobaqada jami 8ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda qatnashadi. O'FF Kubogiga qur'a tashlandi va jamoalar quyidagi guruhlarga bo'lindi:

“A“ guruhi: “Farg'ona”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Spartak”
“V” guruhi: “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Mashal”, “Andijon”

Musobaqaning dastlabki kunida quyidagi o'yinlar bo'lib o'tadi:
09:00 “Farg'ona” – “Bunyodkor”
11:00 “Lokomotiv” – “Andijon”
13:00 “Paxtakor” – “Spartak”
15:00 “Mashal” – “Nasaf”

O'FF Kubogi musobaqasini o'tkazishdan asosiy maqsad yangi tashkil etiladigan O'zbekiston U-19 terma jamoasi uchun nomzodlarni saralab olishdan iborat bo'lib, bir qator selekcionerlar turnirni kuzatib borishi rejalashtirilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com