

O'zbekiston milliy termasi 2017 yilning 5 sentyabr sanasidan buyon rasmiy o'yinda ishtirok etgani yo'q. Undan oldinga o'tib olgan termalar esa Osiyo Kubogi uchun saralashni davom ettirishga majbur bo'lgandi. O'sha o'yinlarda qo'lga kiritilgan ochkolargina ayni paytdagi reytingga sabab bo'ldi.
O'FA o'z principlaridan chekinmaydi va o'rtoqlik o'yinlarini sifatli tashkil qilish uchun harakatni davom ettiradi. Yani, kuchsizroq raqiblarni engib, jadvalda ko'tarilib olish haqida o'ylamaydi. 2019 yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi esa hamma masalaga oydinlik kiritib beradi.
Osiyo Kubogiga qur'a tashlanishida FIFA reytingi inobatga olinmadi. JCH-2022 saralashiga qur'a esa Osiyo Kubogidan keyin bo'lib o'tadi. Qita chempionatidagi natija O'zbekiston termasini reytingda yuqoriga olib chiqishi mumkin.
Ma'lumot uchun, O'FA rahbariyatida o'zgarish yuz berganidan keyin O'zbekiston termasi birorta ham rasmiy o'yinda ishtirok etganicha yo'q. FIFA reytingi so'nggi 4 yillik natijalaridan kelib chiqib tuziladi. Demak, ayni vaqtdagi holat uchun javobgarlik kimlarning zimmasida ekani barchaga ma'lum.



