FIFA reytingi yangilandi: O'zbekiston yilni 50-o'rinda yakunladi

Оқил Абдубарноев
22 dek 2025
22 dekabr kuni erkaklar terma jamoalari reytingi yangilandi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2025 yilni  50-o'rinda yakunladi. "Oq bo'rilar" Osiyo futbol konfederatsiyasi bo'yicha beshinchi jamoa bo'lib turibdi. Ularning jahon chempionati guruh bosqichidagi raqiblari – Portugaliya 6, Kolumbiya esa 13-o'rinni egallagan.

Ro'yxatda Ispaniya peshqadamlikni saqlab qolgan, Argentina, Fransiya, Angliya va Braziliya keyingi o'rinlarda joylashgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fifa.com