FIFA reytingi yangilandi: O'zbekiston besh pog'ona yuqorilab, Osiyoning beshinchi jamoasiga aylandi

Administrator
19 noya 2025, 21:09
Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan so'ng erkak terma jamoalar reytingi yangilandi.

FIFA o'zining yangi reytingini e'lon qildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu reytingda besh pog'ona yuqorilab, 50-o'rinni band etdi. Bundan oldingi reytingda O'zbekiston 55-o'rinda qayd etilgandi.

Misr ustidan qozonilgan g'alaba va Eronni penaltilar seriyasida engganimiz uchun reytingda 9.69 ochko qo'lga kiritildi va hozirda umumiy hisobda 1462.03 ballga egamiz. 

Yangi reytingga ko'ra O'zbekiston Qatarni quvib o'tib, Osiyoning beshinchi jamoasiga aylandi. Bizdan tepada  Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya va Avstraliya bor. 

To'liq ro'yxat e'tibor berilsa, kuchli to'rtlikda o'zgarish yo'qligini ko'rish mumkin: 1. Ispaniya, 2. Argentina, 3.Fransiya, 4. Angliya. Braziliya termasi esa ikki pog'ona yuqorilab, beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: fifa.com