

Andijondan keyingi safar Farg'ona va Namangan viloyatlariga amalga oshirildi. Safardan maqsad, har bir viloyatda o'z birinchiligini yo'lga qo'yish. Bu 2002-2005 yillar oralig'ida tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqa bo'lib, har yakshanba kuni tur o'yini bo'lib o'tadigan chempionat tizimidir.
Bahrom Xolmirzaev boshqaruvidagi Namangan viloyat futbol federatsiyasi birinchilardan bo'lib vodiyda viloyat birinchiligini yo'lga qo'yganganligini etirof etish kerak. Ayni paytda 2002-03, 2004-05, 2006-07 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida uy-safar ko'rinishidagi viloyat chempionati davom etayapti.
Xuddi shunday tartibdagi chempionatlar Respublikaning qolgan viloyatlarida ham amalga oshirilishi lozim bo'ladi. Bu borada Farg'ona futbol federatsiyasida boshqarma bilan hamkorlikda ish rejasi ishlab chiqildi. Rejaga ko'ra Farg'ona viloyati quyidagi zonalarga bo'linadi.
1-hudud. Farg'ona Quvasoy shaharlari, Farg'ona, Quva va So'x tumanlari.
2-hudud. Marg'ilon shahar, Qo'shtepa, Toshloq va Yozyovon tumanlari.
3-hudud. Qo'qon shahar, Beshariq, Dang'ara, O'zbekiston va Furqat tumanlari.
4-hudud. Buvayda, Bog'dod, Uchko'prik, Rishton va Oltiariq tumanlari.



