Odilbek Abdumajidov: "O'zimni ko'rsatib, kuchliroq klublarda o'ynamoqchiman"

Sherzod Nurmatov
26 may 2022, 13:33
Kecha Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Tojikiston U-23 bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Mazkur uchrashuvda termamizning qo'li baland keldi. O'yin nihoyasiga etgach, "Ordabasi"da muvaffaqiyatli to'p tepayotgan himoyachi Odilbek Abdumajidov bilan suhbatlashdik.

- O'yin haqida

- O'yin haqidagi taassurotlarim a'lo darajada. Oldin ham Tojikistonga qarshi o'ynaganmiz, yaxshi shakllangan jamoa. Osiyo Kubogi oldidan oxirgi o'rtoqlik uchrashuvimizni o'tkazdik. 

Jamoamiz futbolchilari endi yig'ilishdi. Ushbu o'yin bir-birimizni yaxshi tushunib olishimiz uchun tashkil qilingandi. Maqsadimiz jiddiy, Alloh nasib qilsa, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Oyog'ingiz lat eganday tuyuldi, jarohat olmadingizmi?

- Yo'q, hammasi joyida. Oyog'imni ozroq shikastlab oldim, xolos. 

- "Ordabasi"dagi faoliyatingiz juda yaxshi kechyapti. Boshqa jamoalardan qiziqish bo'lmadimi?

- Allohga behisob shukr, "Ordabasi"dagi foliyatim yaxshi kechmoqda. U yerda ijara asosida o'ynayapman. Hali "Metallurg" bilan yana 2 yillik shartnomam bor. O'zimni ko'rsatib, kuchliroq klublarda o'ynamoqchiman. Bunga astoydil harakat qilaman.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 termasi Osiyo Kubogidagi ishtirokini 1 iyun kuni Turkmanistonga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Mazkur o'yin "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi va u 20:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia