Odil Ahmedov 2 haftadan so'ng safga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 noya 2014, 16:50
Kecha "Krasnodar" va O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov jarohat olgani haqida xabar bergandik.
Futbolchining yaqinlarining bergan xabariga ko'ra, Odilning jarohati jiddiy emas, mushaklari ozgina shikastlangan. Ahmedov ikki haftacha dam olib safga qaytishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ahmedov "Krasnodar" - SSKA uchrashuvi boshida jarohat olgan va 20-daqiqada almashtirilgan edi.

Dekabr oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda bir qator yig'inlar o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia