

Tur doirasida Toshkentning Paxtakor klubi o'z maydonida Eronning Persepolis jamoasi bilan to'qnash kelib, Igor Sereevning yagona goli evaziga zafar (1:0) quchdi. Guruhdagi 2-bahsda esa Al-Sadd (Qatar) S.Arabistonining Al-Ahli jamoasini taslim etib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etdi. Demak, so'nggi tur oldidan D guruhidagi holat quyidagicha:
Ushbu guruhdan keyingi bosqichga yo'l oladigan ikki jamoaga C kvartetidagilar raqiblik qiladi. Mazkur tur doirasida Qatarning Al-Duxayl hamda Istiqlol (Eron) jamoalari o'zaro to'qnash keldi va ular o'rtasidagi bahsda durang natija (1:1) qayd etildi. Shu tariqa, eronliklar nim chorak finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda esa S.Arabistonining Al-Hilol klubi Al-Ainni (BAA) mag'lub (2:0) etib, birinchi o'rinni naqd qildi. Demak, agar Shota Arveladze shogirdlari o'z guruhida peshqadam bo'lsa Al-Duhail bilan ikkinchi o'rinni olsa Al-Hilol nim chorak finalda uchrashadi.




