OCHL. “Al Shabab” – “Kashiva Reysol” (2:2) o'yinidan keyingi fikrlar

Narzulla Saydullayev
19 sen 2013, 13:17
Yaponiyada kechgan birinchi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Saudiyadagi javob bahsida ham durang qayd etildi, faqat bu safar yakuniy natija 2:2 ko'rinish oldi.
Natijada har ikkala o'yin natijasiga ko'ra “Kashiva Reysol” OCHLning yarim finaliga yo'l oldi.

Nelsino Baptista (“Kashiva Reysol” bosh murabbiyi): - Biz katta natijaga erishdik. Yarim finalga chiqqanimizdan xursandmiz. 2009 yildan buyon Yaponiya klubi musobaqaning yarim finaliga qadar yetib kelmayotgandi. Biz esa buni uddaladik. Albatta, o'tkazib yuborilgan tezkor gol o'z ta’sirini ko'rsatdi, biroq shogirdlarim tezda o'zlariga kelib olishdi. Ikkinchi taymda to'pni ko'proq nazorat qildik. Hatto hisobda oldinga chiqib oldik. Lekin maydon egalari yana to'p kirita olishdi. G'alaba qozonmagan bo'lsak-da, durang bizni yarim final sari etakladi.

Mishel Pryudom (“Al Shabab” bosh murabbiyi): - Juda qiyin o'yinni o'tkazdik. Hisobni ochgan bo'lishimizga qaramay, g'alaba qozona olmadik. Tan olish kerak, bugun har tomonlama shakllangan kuchli raqibga qarshi to'p surdik. Yapon klubi ancha tartibli o'yin namoyish etdi. Ikkita gol urdik va shuncha o'tkazib yubordik. Lekin biz emas, raqib yarim finalga yo'l oldi. Bu esa juda alam qilyapti. Ammo shogirdlarimga hech qanday etiroz yo'q.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia