Obameyyang: "Afrika Kubogi pley-off bosqichiga chiqish uchun Gabonda hamma narsa bor edi"

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2017, 14:47
Gabon hujumchisi Per-Emerik Obameyyang milliy jamoaning Afrika Kubogidan chiqib ketishi haqida fikr bildirdi.

"Pley-offga chiqish uchun hamma narsa bor edi. Afsuski, omading kelmaydigan kunlar ham bo'ladi. Men ikki metrdan gol ura olmagan vaziyatda omadim kelmadi. Darvoza to'sinini nishonga oldik, posbon o'z ishini yaxshi uddaladi.

Bizga agressivlik yetishmagandir, ammo guruhimizdagi eng kuchli jamoa edik. Murabbiy o'zgarishi, tayyorgarlik jarayoni ta’sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin" - deydi Obameyyang.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal