"Inter" Lukaku o'rniga Obameyyangni olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 mar 2023
Per-Emerik Obameyyang faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Gabonlik hujumchiga "Inter" qiziqish bildirmoqda. Agar "Chelsi"dan ijaraga olingan Romelu Lukaku klubni tark ets nerazzurilar Obameyyang bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi.

Gabon terma jamoasi hujumchisi "Chelsi"da asosiy hujumchi emas va u Italiya klubining taklifini qabul qilishi mumkin.

"Inter" "Liverpul" forvardi Roberto Firminoga ham qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati braziliyalik bilan uchrashishga ulgurdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport