OAV: PSJ yarim himoyachisi "Barselona" bilan og'zaki kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
21 iyun 2019, 11:36
Fransiyalik yarim himoyachi Adrien Rabo "Barselona"ga o'tishga yaqin.

"Sky Italia" nashrining xabar berishicha, o'yinchi mavsum davom etayotgan palladayoq kataloniyaliklar bilan kelishuvga erishgan va Ispaniyaga erkin agent sifatida keladi.

Oldinroq, Rabo "Yuventus" bilan kelishib olgani xabar qilingan edi. Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan mavsum shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani bois asosiy jamoadan chetlatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Italia