"Nyukasl" "Yuventus" futbolchisi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
13 iyun 2022, 15:30
"Yuventus" himoyachisi Merix Demiral "Nyukasl" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Angliya klubi 24 yoshli turkning transferini amalga oshirishga tayyor. 

Demiral o'tgan mavsumni ijara asosida "Atalanta" tarkibida o'tkazdi. Klub ijara uchun 3 mln evro to'ladi.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport