"Nyukasl" MYU va yana ikki jamoa tomonidan "o'rnatilgan" antirekordni takrorladi

Aziz Tukhtamuradov
21 okt 2018, 13:17
APLning 9-turida "Nyukasl" o'z maydonida "Brayton"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

Bu orqali jamoa mavsum boshidan beri o'z maydonidagi ketma-ket beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va Angliya chempionati antirekordini takrorladi.

Avvalroq bungacha "Manchester Yunayted" (1930/31), "Portsmut" (2009/10) va "Bolton" (2011/12) jamoalari bunday omadsiz seriyani qayd etgandilar. Har uchchala klub ham mavsum yakunida ligani tark etganlar.

Ayni paytda "Nyukasl" ikki ochko bilan APLda oxirgi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Gracenote