

Bu orqali jamoa mavsum boshidan beri o'z maydonidagi ketma-ket beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va Angliya chempionati antirekordini takrorladi.
Avvalroq bungacha "Manchester Yunayted" (1930/31), "Portsmut" (2009/10) va "Bolton" (2011/12) jamoalari bunday omadsiz seriyani qayd etgandilar. Har uchchala klub ham mavsum yakunida ligani tark etganlar.
Ayni paytda "Nyukasl" ikki ochko bilan APLda oxirgi o'rinni egallab turibdi.



