"Buxoro"ning olti nafar futbolchisi hamon pulini ololgani yo'q yoxud "pichoq suyakka qadalganda"

Aslanov Jasurbek
22 avg 2021, 15:36
Bir necha oy oldin saytimizda Pro liga ishtirokchisi "Buxoro" klubining futbolchilari oldida qarzi borligini, belgilangan muddat ichida bartaraf etilmasa jiddiy chora ko'rilishi haqidagi xabar chiqqan edi.

Mazkur maqolada O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev klubga nisbatan sankciya qo'llanilmasa ishga FIFA aralashishini aytib o'tgandi. Oradan 3 oy o'tdiki mazkur muammo hamon o'z echimini topgani yo'q. Xo'sh, buyog'iga nima bo'ladi? Ushbu masalada kuni kecha Kamoliddin Murzoev saytimizga quyidagilarni ma'lum qildi.

"Buxoro" klubining olti nafar futbolchidan qarzi borligi rost. Avvaliga ularga 1 mayga qadar to'lab berishni vada qilishgandi. Lekin hamon u pullar to'langanicha yo'q. Gap 2020 yilda jamoada o'ynagan futbolchilar haqida ketmoqda. So'nggi muddat sifatida 20 avgustga qadar muhlat berilgandi. Agarda O'FA klubga sankciya yoki ochkolar olib tashlash chorasini qo'llamasa biz FIFAga xat bilan chiqishimiz mumkin. FIFA o'z navbatida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va PFLga nisbatan ish ko'radi. "Nurafshon"ga oz emas ko'p emas 3 marotaba imkon berildi. Bu to'rtinchisi, umuman olganda "pichoq suyakka borib qadaldi". Garchi yangi rahbariyat ish boshlagan bo'lsada, hamon bu masalaga nuqta qo'ya olishgani yo'q",- deydi Kamoliddin Murzoev.

"Buxoro"ga nisbatan sankciya qo'llanilmasa, ishga FIFA aralashadi"

Eshitdik-da! "Buxoro"dan 3 ochko olib tashlanadi

Eshitdik-da! "Buxoro" mavsumni minus ochkolar bilan boshlashi mumkin

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia