Norvegiya chempionatidagi o'yin telefon orqali translyatsiya qilindi

Оқил Абдубарноев
4 apr 2022, 19:30
Norvegiyadagi o'yin translyatsiyasi bir muddat telefon orqali olib borildi.

Norvegiya chempionatini ko'rsatish huquqiga ega bo'lgan Discovery kompaniyasi turnirning birinchi turidayoq "qovun tushirdi". "Budyo-Glimt" va "Rusenborg" o'rtasidagi o'yin Norvegiya futboli uchun markaziy bahs hisoblanadi, ammo tomoshabinlar uchrashuvdan to'liq bahramand bo'la olishmadi.

O'yin davom etayotgan bir pallada translyatsiya uzilib qoldi, keyin yana davom ettirildi, biroq telefon orqali. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, teleavtobusda chiroq o'chgan va xodim telefon orqali translyatsiyani davom ettirgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia