

No'mon HASANOV ("Paxtakor" bosh murabbiyi): - Tomoshabop futbol ko'rsatdik. Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlardan foydalanmadik. Ikkinchi bo'limni Karimovning chiroyli gollari bezab berdi. Raqib esa bor kuchi bilan o'ynashga intildi.
Tanaffusgacha juda qulay imkoniyatlar bo'ldi. Afsuski, yigitlar ularni qo'ldan boy berishdi. Maxaradzeni almashtirganimizdan so'ng bizda sal qiyinchilik bo'lgandek edi, lekin keyinchalik barchasini yana nazoratimiz ostiga oldik. Sherzod esa zaxiradan tushdi va juda yaxshi o'yin namoyish qildi.


