
Jurnalistlar qiziq faktga duch kelib qolishdi. Niger terma jamoasining 7 nafar futbolchisi 1 yanvar kuni tug'ilgan ekan. Ularning 5 nafari 2000 yilda, qolgan 2 nafari 2001 yilda tavallud topgan. Agar 2000 yilda tug'ilganlar bir kun avval dunyoga kelishganida edi, ular hozir jahon chempionatida o'ynay olishmagan bo'lishardi.
Niger terma jamoasi bosh murabbiyi ushbu faktni tasodif deb aytdi.
"Musulmonlar yubiley sanasini nishonlashmaydi va shu sababli yosh yozilmaydi. Pasportda ham yosh ko'rsatilmagan. Katta sportchilar bilan ishlaganimda, ular tug'ilgan kuni sanasini bilishmasdi" - deydi Luis Verdini.