Neymar ketma-ket ikkinchi yil Yevropada o'ynayotgan eng yaxshi braziliyalik futbolchi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
31 dek 2015, 23:00
Barselona hujumchisi Neymar ketma-ket ikkinchi yil Yevropa qitasida faoliyat olib borayotgan eng yaxshi braziliyalik futbolchi deb topildi.

37,87 foiz ovoz olgan 23 yoshli futbolchi Bavariya yarim himoyachisi Duglas Kostani (13 foiz) va Inter himoyachisi Filipe Meloni (9,39 foiz) ortda qoldirdi.

Zenit hujumchisi Xalk 8-o'rinni band etdi. Undan keyingi o'rinlarni Tiago Silva, David Luiz va Marselo kabi futbolchilar band etishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sambafoot.com