Neymar katta ehtimol bilan "Real"ga qarshi ilk o'yinda ishtirok etmaydi

Alisher
8 fev 2022, 17:38
PSJ hujumchisi Neymar jarohatidan so'ng tiklanishda davom etmoqda.

Jurnalist Adrien Grenening xabariga ko'ra, braziliyalikning Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi o'yinda ishtirok etish imkoniyati juda kam.

Neymar joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

PSJ - "Real" o'yini 15 fevralda, javob bahsi esa 9 martda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/hadrien_grenier