Neymar Yevropada braziliyaliklarni taqib etmoqda + FOTO

Tolibjon Qosimov
19 okt 2017, 20:32
Kecha Chempionlar ligasi 3-turi doirasida Fransiyaning PSJ jamoasi Belgiyaning "Anderlext" klubi mehmoni bo'ldi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ana shu uchrashuvda parijliklarning braziliyalik legioneri Neymar bitta gol urdi. Shu tariqa, Neymar o'zining YCHLdagi gollari sonini 24taga etkazib oldi va musobaqada braziliyalik futbolchilar orasida to'purarlik borasida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Birinchi pog'onada 30ta to'p kiritgan Kaka turibdi. Demak, Neymar tez orada vatandoshlarini quvib o'tishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball