Neymar: "Bolalikdagi orzum Jahon chempionatida g'alaba qozonish edi"

Sherzod Nurmatov
12 noya 2022, 11:24
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Qatarda bo'lib o'tadigan turnir haqida gapirdi.

"Bolaligimdan Jahon chempionatida g'olib chiqishni orzu qilaman. Men bu kubokni qo'limda ushlab turganimni tasavvur qilardim. Endi buni Qatarda amalga oshirish uchun yana bir imkoniyat bor", – dedi Neymar.

Braziliya terma jamoasi JCH-2022 guruh bosqichida Serbiya, Shveytsariya va Kamerun terma jamoalari bilan ro'baro' keladi.

"Pentakampeonlar" musobaqaning ilk uchrashuvini 24 noyabr kuni Bolqon yarimoroli terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

"Sariq-yashillar" musobaqa favoritlaridan biri hisoblanishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 101 Great Goals