

Avvalroq, saytimiz orqali Eldor Shomurodov termadagi 34-golini urgani va bu borada rekordchi hisoblangan Maksim Shackixga yetib olgani haqida xabar bergandik. Biroq, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu haqda ma'lumot taqdim etmadi. Tashkilot noyabr oyida terma jamoadagi futbolchilarning statistikasini e'lon qilgandi va o'sha ma'lumotda Shomurodov 59 uchrashuvda 32 ta to'p kiritgani ko'rsatilgan.

Srechko Katanets shogirdlari shu davr mobaynida 3 ta o'rtoqlik o'yinlarida qatnashdi: Qozog'iston (2:0), Rossiya (0:0) va Boliviya (1:0). Eldor esa mazkur bahslarning barchasida maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi. Uning hozirgi statistikasi 62 bahsda 34 ta gol.
Bazi tushunmovchiliklar tufayli 27 yoshli Shomurodovning hisobida 33 ta gol borligi aytilmoqda. Balki, o'tgan uch bahsning qaysilaridir rasmiy maqomda o'tmaganmikin?



