"Neftchi" serbiyalik legioner bilan shartnoma tuzganini rasman e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2021, 15:38
Pro liganing ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuborgan Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi.

Yozgi transfer oynasi kuchga kirganidan foydalangan klub mutasaddilari bugun "Neftchi" qarorgohida jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilgan serbiyalik Aleksandr Eshich bilan rasmiy shartnoma imzoladilar.




Ma'lumot o'rnida, Aleksandr Eshich 1994 yilda Serbiyaning Gorni Milanovac shahrida tavallud topgan. Ampluasi yarim himoyachi. Faoliyati davomida "Borac Chachak"," OFK Belgrad "," Vojdovac" va "Metalac" kabi klublarda to'p surgan. So'nggi jamoasi "Mladost Luchani" tarkibida 32 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 3 marta ishg'ol qilishga erishdi.

Jamoamiz va ko'pming sonli muxlislarimiz nomidan Aleksandr Eshichga "Neftchi" sharafini munosib himoya qilishidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz", - deb yozadi "Neftchi" matbuot xizmati. 


O'FA Superliganing 12ta, Pro liganing 7ta klubiga legionerlarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'ydi         

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати