"Neftchi" bazasiga hujum uyushtirildi - ikki nafar muxlis hibsga olindi

Оқил Абдубарноев
5 mar 2024, 22:36
Ozarbayjonning “Neftchi” klubi bazasiga bir guruh ishqibozlar tomonidan hujum uyushtirildi.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzgan shaxslar aniqlanib, qo'lga olingan. To'plangan materiallar ko'rib chiqish uchun sudga yuborildi.

Sud qarori bilan ikki kishi 30 sutka davomida mamuriy qamoq jazosini o'taydi, yana 2 nafar shaxs jarimaga tortilgan.

Eslatib o'tamiz, chempionatning 25-turida “Neftchi” o'z maydonida “Qorabog'”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Shu sababdan mahalliy muxlislar o'z jamoalariga norozilik bildirishdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: APA