Nazorat uchrashuvi. “Ajdarlar” turk jamoasini mag'lub etishdi

12 yanv 2018, 22:22
“Ajdarlar” bugun Turkiyadagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Nazorat uchrashuvi, Turkiya quyi ligasi vakili “Tarsus Idman Yurdu” jamoasi bilan bo'lib o'tdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Uchrashuvda qarshiliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi dastlabki gol 10-daqiqada Dragan Cheran tomonidan kiritilgan bo'lsa, ikkinchi golga 78-daqiqada Dilshod Xushbakov mualliflik qildi

Ushbu uchrashuvni “ajdarlar” quyidagi tarkibda o'tkazishdi:

Birinchibo'lim: Sanjar Quvvatov, Murodjon Toshmatov, Umarbek Eshmurodov, Igor Golban, Mirg'iyos Sulaymonov, Jasur Hasanov, Najmiddin Normurodov, Dilshod Saitov, Jahongir Aliev, Sanjar Rashidov, Dragan Cheran.

Ikkinchibo'lim: Umidjon Ergashev, Sherzod Nasrullaev, Ilhom Alijonov, G'olib G'aybullaev, Sardor Sadullaev, Islom Kenjaboev, Akmal Mozgovoy, Sharof Muhitdinov, Xudoyorxon Sag'dullaev, Islom Rashidxonov, Dilshod Xushbakov.

“Nasaf” navbatdagi nazorat  uchrashuvini,  ertaga 13 yanvar kuni Ukrainaning “Vorskla” (Poltava) klubi bilan o'tkazadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan soat 19:00) da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: fcnasaf.uz